Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Qirq yop qishlogʼi madaniy Yer mahallasi Barkamol Аvlod koʼcha 69 uy

blog

NAVRO’Z BIRDAMLIK BAYRAMI

                         Assalom Navro’z tadbiri

          Sahnada bahor tarovatini ko’z- ko’z etuvchi manzara aks ettirilgan. Uzoq –uzoqlardan bulbul, sa’va kabi qushlarning xonishi eshitiladi. Ariqlarda suvlarning jildirab oqayotgani , qiyg’oz ochilgan gullarning tasviri , ko’m-ko’k qir adirlar , purviqor tog’ manzaralari, gullagan dov-daraxtlarning chiroyi zalda o’tirganlarga bahoriy kayfiyat , ko’tarinki rux baxsh etadi.  

MALOHAT:

                    Assalom , ona yurt, tonglar o’lkasi

                    Ta’rif- tavsifning yo’q nihoyasi .

                    Senga bag’ishlanur muqaddas qo’shiq.

                    Bu o’zbek elining o’z madhiyasi.

FERUZA:

                 Yana ko’k tubida sayraydi qo’shiq, 

                 Yana ko’xna zamin yam –yashil ko’rpa . 

                 Yana tandan ketdi mudrash-u tushlar, 

                 Yana yoshdek dilda o’ynar ming turfa .

MALOHAT:

                    Tarixing, ta’rifing tillarda doston,

                    Quyosh charaqlaydi , moviydir osmon, 

                   Hofiz qo’shiq aytar , raqs etar jonon, 

                   Sevinch bag’ishlaysan , keksa-yu  yoshga 

                   Navro’zjon , bu yilgi kelishing boshqa.

FERUZA:

                   Bir Yon katta kurash, bir yon ko’pkari, 

                  Askiya aytishar , o’lanlar bari.

                  Yangalarning aytgan avjli yor-yori, 

                  Sevinch bag’ishlaysan keksa-yu yoshga

                  Navro’zjon bu yilgi kelishing boshqa.

MALOHAT:

  Assalomu alaykum , fan bog’ining bog’bonlari, mehribon ustozlar hamda ilmga chanqoq o’quvchi yoshlar!                                                                                                     Yurtimizga o’zining zarrin sepini yoyib , husn-u tarovatini ko’z –ko’z qilib, fasllar kelinchagi- Bahoroy kirib keldi.           

FERUZA:

Ha, bahor –uyg’onish , yasharish fasli. Bu faslda ko’ngillarimiz shodlikka , zavq-u shavqqa oshufta bo’ladi. Bahor bayramlar, shodyonalar fasli.

MALOHAT:

Yaqindagina  8-mart   Xalqaro xotin- qizlar kunini nishonlagan edik . endi esa qadimiy va hamisha navqiron, ulug’  ayyomimiz Navro’zi olam eshik qoqmoqda . Navro’zi olam muborak bo’lsin!

FERUZA:

 Har yili bahorda Navro’z tantana qiladi . Bahorgi an’analar, urf –odatlar xalqimizni hech qachon tark etmaydi , aksincha , Navro’z sayli yil sayin takomillashib , sayqallashib , boyib boraveradi. Darvoqe,  Navro’z ko’p ming yillik tarixga ega. 

MALOHAT:

Qani bolmasa , Navro’z tarixi bilan tanishaylik.

FERUZA:

Sharq xalqlarining azaliy va abadiy bayrami bayrami bo’lgan Navro’z to’rt ming yillik tarixga ega . Navro’zning kelib chiqishi va shakillanishiga oid qimmatbaho manbalar Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan “ Avesto” mashhur qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy, Umar Hayyom, Abulqosim Firdavsiy , Nosiriddin Rabg’uziy, Yusuf  Xos  Xojib, Navoiy kabi mutafakkirlarimizning qimmatli asarlarida Navro’z muhabbat , do’stlik , poklik va insonparvarlik ramzi sifatida ulug’lanadi.  

MALOHAT:

Abu Rayhon Beruniy “ Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”  kitobida quyidagilarni yozgan.  “ U kunni Navro’z deb atalishining sababi jamshid podshoh bo’lgach , majusiylar dinini yangiladi va bu kun “ Navro’z – “yangi kun “ deb ataldi.

 FERUZA:

Tadbirimizni  ochib berish uchun so’z navbatini maktabimiz direktori Yusupov Ziynatbek Mahmudovichga beramiz marhamat.

MALOHAT:

Sharqning buyuk donishmandi , falakkiyot bilimdoni Umar Hayyom o’zining          “ Navro’znoma’’ asarida  “ Navro’z “ so’zi birinchi marta zardushtiylik dining muqaddas kitobi “ Avestoda “ tilga olinganligini qayd etadi. Navro’z bayram sifatida tilga olingan Avestoda inson hayotining mazmuni uch ma’noda mujassam topmog’i lozimligi ham qayt etilgan . Bular – ezgu fikr , ezgu so’z , ezgu amallardir.

FERUZA:

Tarix, zamonlar, asrlar guvohki, Navro’z ezgulik , poklik , muhabbat timsolisifatida ulug’lanib nishonlanib kelinmoqda . Hamisha shoirlar Navro’zni madh etib keladilar.

ENDI   SAHNAMIZGA   BAHOROY   VA    NAVRO’ZOYNI   TAKLIF  QILAMIZ MARHAMAT.

MALOHAT:

1.Ustozlarimizdan o’quvchilar bezagan stollarini , milliy taomlarini , baholashlarini iltimos qilamiz. Ustozlarimiz stollarni baholagunicha sinflarning badiiy chiqishlarini tamosha qilamiz.  

2.   1-a sinf   o’quvchilari ishtirokida Sumalakning kelib chiqish tarixi bo’yicha sahna ko’rinishi.

3. Varraklar namoyishi . O’g’il bolalar olib kelgan varraklarini namoyish qilishadi va varraklar musoboqasini o’tkazishadi.

4. Maktabimiz 7-8- sinf o’quvchi qizlari soch turmaklash bo’yicha bellashadilar.

5. Endi navbatni  5-A sinf  o’quvchilari ishtirokida “ Bahor” qo’shiqiga bersak.

6. Navbatni  “Arqon tortish musoboqasiga “ beramiz. Bunda 8-A sinf va 8B sinf o’quvchilari hamda   9A va 9B sinf o’quvchilari bellashadilar.

7. 1A sinf o’quvchilari ishtirokida “Ona qizim” qo’shiqiga   navbatni beramiz. 

8. Endigi navbatni gimnastikachilarimizga bersak.

9. 3B sinf o’quvchilari ishtirokidagi “ Boboyjonim “ qo’shiqiga navbatni beramiz. 

10. 1B SINF o’quvchilaridan “ Bugun bayram” raqsi 

11.   Hozirgi   navbatni tosh ko’tarish musoboqasiga beramiz.  5A sinf o’quvchilaridan “ Kim oladiyo shuginaniyo “ o’yinini tamosha qilamiz.           

12. 2A SINF o’quvchilari ijrosidagi “ Shoda –shoda “ qo’shiq raqsiga beramiz.

13. Navbat “karate “ musoboqasiga

14. 2B sinf o’quvchilari ishtirokidagi “ Sinchalak “ qo’shiqiga navbatni beramiz.

15 . Navbat 5B va 6B sinf qizlari ishtirokidagi “Vatan “ qo’shiqining raqsiga beramiz .

16. Endigi  navbatimiz 9B sinf ijrosidagi “Binafsha” qo’shiq raqsiga 

17. 7B sinf o’quvchilari ishtirokidagi “Gul “ qoshiqining raqsiga navbatni bersak. 

18. Navbatni  7A sinf o’quvchilari ijrosidagi “ Fransuz qizi “ raqsiga  beramiz. 

19. Hozirgi  Navbatni lazgiga beramiz.

  

FERUZA:

                            Turnalar yurtingga qaytgani kabi

                            Bag’ringga qaytmoqda alyor baytlaring 

                            Moviydan xayolchang ko’rinish berar

                            Ming shukr tabarruk ulug’ zotlari

                            Buyuk daholarni bergan bo’stonim 

                           Yangi yiling qutlug’ , O’zbekistonim

 MALOHAT:

                           Qalblarda nish urgan orzular go’zal 

                           Yurtim tuprog’ingga kirib kelmoqda 

                           Xirotdan Navoiy bitgan shox go’zal

                           O’zliging muborak, O’zbekistonim

                            Navro’zing muborak , O’ZBEKISTONIM

FERUZA:

“Assalom  Navro’z “ nomli tadbirni yopib berish uchun so’z navbatini maktabimiz direktori Yusupov Zinatbek Mahmudovichga beramiz.

 

 

 

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xonqa tumani, Qirq yop qishlogʼi madaniy Yer mahallasi Barkamol Аvlod koʼcha 69 uy
  • +998 (97) 791-18-77
  • info@www.xonqa51-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Декабрь 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031 

Yil dasturi

Maktab manzili